Loyiha haqida

Evropa Komissiyasi tomonidan moliyalashtirilgan KA2 – Erasmus + dasturining Oliy ta’limda salohiyatini oshirish faoliyati UNICAC 3 yil yani 2019 yil 15 yanvardan 2022 yil 14 yanvargacha amalga oshiriladi.

Loyihaning maqsadi O’zbekiston, Tojikiston va Xitoy OTMlarining xalqaro va mintaqalararo hamkorlik potentsialini oshirishda Xalqaro aloqalar bo’limlari (XAB) uchun salohiyatni oshirish bo’yicha tadbirlar o’tkazish, ular o’z navbatida eng yaxshi xalqaro tarmoq bo’lishida, o’qitish, o’rganish va tadqiqotlar sohasida (O’/O’/T) hamkorlik qilish uchun o’z potentsiallaridan yaxshiroq foydalanishga hissalarini qo’shishadida.

MAQSADLAR

  • O'zbekiston, Tojikiston va Xitoyda O'/O'/T sohasida xalqaro hamkorlik bo'yicha milliy tavsiyalarni qiyoslash, potensialni aniqlash va ishlab chiqish
  • Xalqaro munosabatlarni institutsional boshqarishni modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun namuna sifatida O'zbekiston, Tojikiston va Xitoydagi 7 ta universitetda strategik, infratuzilma va kadrlar salohiyatini oshirish.
  • O'zbekiston, Tojikiston va Xitoyda OTMlarni xalqarolashtirish, almashish va rag'batlantirishda tarmoq muloqoti uchun mintaqalararo tarmoqni yaratish

Loyihaning maqsadlariga institutsional, milliy va xalqaro darajada puxta rejalashtirilgan harakatlar orqali erishiladi.

MAQSADLI GROUPLAR

  • Xalqaro munosabatlar bo'limi xodimlari
  • Hamkor universitetlarda jalb qilingan qaror qabul qiluvchi va rahbar xodimlar
  • Talabalar va professor-o'qituvchilar
  • Talabalar uyushmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va manfaatdor tomonlar

Kutilayotgan natijalar

  • Ishtirok etadigan muassasalarda strategik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash va xalqaro aloqalar idoralarining infratuzilmalarini yangilash
  • Qiyosiy tahlilni, shuningdek, milliy va mintaqalararo tavsiyalarni ishlab chiqish
  • OTMlarda xalqaro hamkorlik siyosati va boshqaruvini takomillashtirishga yo'naltirilgan eng yaxshi 1 ta amaliyotlar kitobi va 1 ta qo'llanma yaratish.
  • Xalqaro hamkorlik uchun UNICAC tarmog'ini rivojlantirish
  • O'zbekiston, Tojikiston va Xitoyning ishtirok etuvchi universitetlarida xalqaro hamkorlikning strategik rejalarini ishlab chiqish
  • Xalqaro mobillik va hamkorlik uchun UNICAC hamkorlik asoslarini ishlab chiqish
  • Natijalarni sinovdan o'tkazish uchun talabalar va professorlarga qaratilgan mobillik harakatlarini amalga oshirish (tajriba sinovi)